Latest posts.

“ Chet tillarni o‘qishda kommunikativ  leksik  mashqlar  tizimi ”

 

 

Shahrisabz tuman xalq ta’limi   bo‘limiga  qarashli                   31-umumiy   o’rta  ta’lim  maktabining fransuz tili   va rus tili fani   o‘qituvchisi    S.Norovaning  metod                                  birlashma  yig‘ilishida

“ Chet tillarni o‘qishda kommunikativ  leksik  mashqlar  tizimi ”

  mavzusida   tayyorlagan

 MA’RUZASI   

Shahrisabz-2019

 

 

Mavzu:  Chet  tillarini  o‘qitishda  kommunikativ  leksik mashqlar tizimi

Reja:

  1. Chet tili  ta’limida  yangi  pedagogik   va innovatsion  texnologiyalardan  foydalanish
  2. Chet tili  o‘qitishda  kommunikativ  ta’lim  metod usullaridan  foydalanish
  3. Til o‘rganishhda  mashql;ar, matnlar tuzish va ulardan  foydalanish

Chet  tili  ta’limida  yangi  pedagogic va information  texnologiyalarga   foydalanish  jarayonida   darsni  har  tomonlama  puxta  tashkil  etish, o‘quvchilar  tomonidan bilim  va ko‘nikmalarni  o‘zlashtirishning samarali  usullarini  izlab toppish, darsning  sifati  va samaradorligini  ta’minlovchi  vositalarni qo‘llash haqida  so‘z  boradi.  Shu  nuqtayi  nazardan xorijiy  tillarni  o‘qitishda  til o‘rganishga  yo‘naltiril;gan  an’anaviy  o‘qitish  metodlari    o‘rniga, butun dunyoga  ustuvor  yo‘nalish  sifatida  tan  olinayotgan  kommunikativ  ta’lim  metod  va  usullaridan  foydalanish    muhim  ahamiyatga   ega ekanligi  faktlar  asosida  keng  ochib  beriladi.

Kalit so‘zlar: chet tili,  o‘qitish  metodikasi,  mashqlar  tizimi,  nutq faoliyati,  nutq amaliyoti, jarayon,  material, leksik ko‘nikma.

Xorijiy  tillarni  o‘qitish  metodikasi  bo‘yicha  adabiyotlarni  o‘rganish   shundan  dalolat  beradiki, chet tili  ta’limi  asosini  mashqlar  tizimini  tashkil  etadi,  shuningdek,  nutq faoliyanitini  yuritish  ham mashq  qilishdan  iborat.

Psixolingvistik nazariyaga  ko‘ra, qolaversa,  til  tajribasi  haqidagi uslubiy  yondashuvga  binoan, mashqlar uchta  yirik  turdan iborat, deyish mumkin, Ular  ilmiy adabiyotlarda  quyidagi  nomlar  bilan  yuritilmoqda: operatsion, information  va  motivatsion mashqlar.

O‘zbek  metodikasi  maktabida  mazkur atamalar  shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi  va takomillashtiruv  mashqlar  nomlari  bilan  atalib  kelmoqda. O‘quvchi (talaba) ning  til  tajribasini   boyitish  o‘quv  mashqlarning  miqdori  va sifati  bilan uzviy  bog‘liqqqqqqqqdir.  Til  tajribasi   va o‘quv  mashqlari  muammolari metodika  fanida  keng muhokama  qilingan  va shu  bilan  birga , u  hanuz  mukammla  yechimni  topgan emas. Tilni  o‘rganish  jarayonida  biz asosiy  e’tiborimizni mashqlar,  matnlar  tuzish  va ulardan  samarali  goydfalanishga qaratishimiz   kerak.

Mashqlar  va matnlarning   vazifasi:

  • Ispant va sinonim so‘zlarini  nutqda qo‘llash malakasini  takomillashtirish
  • Xatolarning oldini  olish
  • Leksik zaxirani boyitish

Mashqlarning  asosiy  mazmunini  ispan tilidagi  eng  faol  ishlatiladigan  sinonimlar  qatori  tashkil etadi. Mashqlarga  oq‘uv  qo‘llanmalarida o‘z aksini  haligacha  topmagan sinonimlar  kiritilgan

Mashqlardagi ispan  va o‘zbek tillaridagi  sinonimlarning  tipalogik-qiyosiy  tahlili  natijalaridan    foydalanilgan. Mashqlarning  tizimida joylashishi  quyidagicha:

  1. Nutqda misollar  bilan  kuzatiladigan sinonimlar  guruhiga  leksik  sharhlar;
  2. Sinonimlarni gaplarda  qo‘llash uchun   nutq  namunalaridan  misollar;
  3. Otlar va olmoshlarning fe’llar bilan  bog‘lanishini  kategoriyalovchi mashqlar;
  4. Sinonimik qatordagi hamma so‘zlar ketma-ketligidagi mashqlar;
  5. Har bir sinonim ishlatilishining  shartli  ko‘rinishi
  6. Berilgan holatni tugatish  uchun   mashqlar
  7. Leksik birikmalarni almashtirish uchun  mashqlar

Mashqlar uslubiy  tamoyil  bo‘yticha  joylashtirilgan: shaklantiruvchi til mashqlari,  takomillashtiruvchi  va rivojlantiruvchi mashqlar. Ular  quyidagi ketma-ketlikda  beriladi:

  1. O‘zlaahstirilishi zarur bo‘lgan  sinonimik  guruh  bilan  tanishtirish;
  2. Sinonimlarning paradimgmatik va sintagmatik  aloqalari  va  farqlarini  tushuntirish semantizatsiya
  3. Leksik xatolarning aoldini  olishni  ta’minlovchi, birga ishlatilishni  yo‘lga  qo‘yuvchi mashqlar;
  4. Har xil holatlarda nutqni  rivojlantiruvchi  mashqlar

Mshqlar  tizimiga   kirgan qiyosiy mashqlar ularning  ishlatilishi  joyiga  ko‘ra  o‘quv  maqsadlarida ishlatilishini  nazarda  tutadi.  Uy vazifasiga  tarjima  mashqlari  kiradi.

Ko‘rinib turibdiki,  sinonimlar materialida  kommunikativ  nutq  malakasini rivojlantirishda  o‘quv jarayoniga , ular  tahliliga , muqobil  yoki ko‘p  tanlovi  kuzatilishiga    oid mashqlarni  kiritish  maqsadga muvofiq. Takomillashtiruvchi , ya’ni nutq  mashqlari, shakllantiruvchi, ya’ni  til mashqlarini  rivojlanitruvchi  tayyorlov  mashqlariga, ko‘zlangan  maqsadga  erishish  mumkin.

Til mashqlari  qatorida  test  vazifalari  ham kiradi. Til mashqlarida  sinonimik birliklar  bilan  ishlashda, ayniqsa, ta’limning  boshlang‘ich  bosqichida   tarjima  mashqlarini  kiritish  zarur.  Bu mashqlarni  bajarish  jarayoni  leksik materiallarning  talabalar tomonidan  o‘zlashtirilish  darajasini  aniqlashga  yordam beradi.

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar  ro‘yxati;

 

  1. Xalq ta’limi  vazirliginibg  ilmiy –metodik  jurnali . 2016-yil 1-son

 

  1. Chet tili  o‘qitish  J.Jabborov .2016-yil

 

Ma’ruzachi: 31-umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabining  fransuz tili   fani  o‘qituvchisi  S.Norova